• Слайдер #1

Rivojlanish tarixi

O'zbekistonda tokchilik va vinochilikning rivojlanish tarixi 

O'zbekistonda tokchilik tarixi uzoq o'tmishga borip taqaladi va ko'p asrlik tarixga ega. O'rta Osiyo yer yuzining ajib o'lkasi bo'lib, tokchilik va vinochilikning eng qadimgi va yorqin madaniyati o'choqlaridan biridir.

O'rta Osiyoda yuksak moddiy madaniyat va sug'oriladigan dexqonchilik, jumladan tokchilikning xam gullab yashnashi fors sivilizatsiyasi ravnaq topgan davrdagi Baqtriya,Xorazm va Sug'diyonadagi qadimiy davlat tuzilmalariga tayangan.

Zardushtiylikning muqaddas kitobi xisoblanmish "Avesto" ning teridan ishlangan qadimiy sahifalarida moddiy hayot nematlarini (ular sirasiga chorvani ko'paytirish, sug'oriladigan dexqonchilik, tokchilikdan tortib yirik tadbirkorlikkacha kiradi) alohida axamiyat qaratilgan. Vinochilik oliyjanob ish xisoblangan, tabiiykiy vino ichish taqiqlanmagan va unga barcha tantanali vaziyatlardagi zaruriy taomil sifatida qaratilgan. Vino o'sha paytda hukumron bo'lgan zardushtiylik dinining marosimlaridagina ishlatilishi bilan cheklanib qolinmagan.

Qudratli Makedoniyalik Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) ning 327-329 yillardagi Fors (Eron) mamlakatiga qilgan mashhur yurishlari va O'rta Osiyoni zabt etganidan so'ng bu yerda yunon-baqtriya madaniyatining diniy va axloqiy-milliy dunyoqarashlari qulay tarzda shakillanib, vino qadimgi yunonlarning maishiy turmushi va tantanalarida kasb etgan katta axamiyatga bog'liq ravishda mahalliy uzumchilik va vinochilikning yangidan avj olishiga olib keldi. 

BIRIKTIRILGAN  HUJJAT:

O'zbekistonda tokchilik va vinochilikning rivojlanish tarixi  228 КБ.pdf


Ko'rishlar: 12243