• Слайдер #1

Tadbirlar

 

“O'zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari uchun seminar tashkil etildi

“O'zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari uchun seminar tashkil etildi
16 Mart 2016
|
1532

Joriy yilning 19 fevral kuni “O`zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga javobgar bo`lgan “Vinosanoatinfoservis” unitar korhonasi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda “Vinosanoatinfoservis” unitar korhonasi mutaxassislari seminar ishtirokchilariga kompaniyaning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishgan yutuqlari, jumladan: kompaniyaning rasmiy veb-sayti, unda aholi va tadbirkorlarga taqdim etilayotgan interaktiv davlat xizmatlari va uning imkoniyatlari, kompaniyaning markaziy apparati va 120 dan ortiq tizim korhonalarini qamrab olgan “korporativ aloqa tizimi” va uning afzalliklari hamda ahborotni uzatish, birgalikda ishlash va hujjat aylanishini avtomatlashtirish maqsadida joriy etilgan korporativ portal to`risida batafsil ma`lumot berdilar. 
Shuningdek “Vinosanoatinfoservis” unitar korhonasi mutaxassislari tomonidan seminar ishtirokchilariga xolding kompaniaysi tomonidan foydalanilayotgan axborot tizimlari namoyish etildi.


Ro'yxatga qaytish Chop etiladigan nusxasi
Ko'rishlar: 1518