• Слайдер #1

Yangiliklar

AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv

AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv
18 Sentyabr 2018
|
2515

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQShning xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha Elchisi Samuel Deyl Braunbekni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida joriy yilning 27-iyul kuni Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomi sifatida diniy erkinliklar ta’minlanishi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Elchi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Diniy bag‘rikenglik: O‘zbekiston va AQSh tajribasi” mavzusidagi davra suhbatida ishtiroki to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Diniy erkinliklar amaliyotini yaxshilash sohasida hamkorlik masalasi, jumladan nohukumat tashkilotlari va tahliliy doiralar o‘rtasidagi aloqalar bo‘yicha O‘zbekiston-AQSh muloqotini davom ettirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.


Ko'rishlar: 2384