Характеристика технических сортов винограда
Qora may uzumi
O'zbekistonga Moldaviyadan keltirilgan. O'rtacha o'suvchi nav. Hosildorligi gektaridan 200-300 sentner. Guli qo'shjinsli. Bir bosh uzumi o'rtacha kattalikda 200-240 gr, konussimon shakilda. Mevasi o'rtacha kattalikda (1,2-1,5 gr) dumaloq shakilda, rangi qora. Sentyabrning 1-2 dekadasida pishib yetiladi. Shiradorligi 27-29 %, kislota miqdori 3,4-5,5 %. Hosilidan yuqori sifatli desert vinolar tayorlanadi.
Pushti rang Muskat
O'zbekistonga Qirimdan keltirilgan. O'rtacha o'suvchi nav. Hosildorligi gektaridan 140-150 sentner. Guli qo'shjinsli. Bir bosh uzumi o'rtacha kattalikda (170-300 gr), konussimon slindr shaklda. Mevasi o'rtacha kattalikda (1,1-1,8 gr) dumaloq shakilda, rangi to'q qizil. Sentyabrning 1 dekadasida pishib yetiladi. Shiradorligi 28-30 %, kislota miqdori 5-6 %. Hosilidan yuqori sifatli muskat hidli desert vinolar tayorlanadi.
Kuljin
Xitoydan keltirilgan. O'rtacha o'suvchi nav. Hosildorligi gektaridan 200 sentner. Guli qo'shjinsli. Bir bosh uzumi o'rtacha kattalikda (300-350 gr), konussimon qanot shakilda. Mevasi o'rtacha kattalikda (3 gr.gacha), dumaloq shakilda, rangi pushti va och yashil rangda. Sentyabrning 1 dekadasida pishib yetiladi. Shiradorligi 22-24 %, kislota miqdori 8 %. Hosilidan shampan vinomaxsulotlari va spirtsiz (stolovoy) vinolar tayorlanadi.
Bayan-shirey
Nav Ozarbayjondan olib kelingan. Respublikada keng tarqalgan. Tez o'suvchi nav. Hosildorligi gektaridan 250-350 sentner. Bir bosh uzumi o'rtacha kattalikda (200-250 gr), slindr shakilda. Mevasi o'rtacha kattalikda (2-2,5 gr) dumaloq shakilda, rangi yashilsimon sariq, mum qatlam bilan qoplangan. Sentyabrning 2-3 dekadasida pishib yetiladi. Shiradorligi 20-22 %, kislota miqdori 4,2-5,6 %. Hosilidan musallas (spirt qo'shilmagan) vinolar, shuningdek, shampan va konyak vinomaxsulotlari tayorlanadi.
Aleatiko
Italiadan keltirilgan, muskat hidli texnikaviy nav. Toshkent va Samarqand viloyatlarida katta maydonlarda yetishtiriladi. Hosildorligi gektaridan 180-200 sentner. Guli qo'shjinsli. Bir bosh uzumi o'rtacha kattalikda (150-200g), slindrsimon shakilda. Mevasi o'rtacha kattalikda (2 g), dumaloq shakilda, rangi binafsha rang tusli tim ko'k. Sentyabrning 2-3 dekadasida pishib yetiladi. Shiradorligi - 25-26 %, kislota miqdori - 6-7 %. Hosilidan yuqori sifatli markali va desert vinolari tayorlanadi.