• Слайдер #1

Uzum navlari

Характеристика технических сортов винограда

Xindogin


O'zbekistonga Ozarbayjondan keltirilgan. Tez o'suvchi nav. Hosildorligi gektaridan 200 sentner. Guli qo'sh jinsli. Bir bosh uzumi o'rtacha kattalikda (300-350 gr), konussimon shakilda. Mevasi o'rtacha kattalikda (1,5-2 gr), dumaloq shakilda, rangi tim ko'k. Sentyabrning 2-3 dekadasida pishib yetiladi. Shiradorligi 23-25 %, kislota miqdori 5,8-7,5%. Hosilidan yuqori sifatli oq va desert vinolari tayorlanadi.

Soyaki


O'rta Osiyo navi. Toshkent viloyatining Parkent tumanida tarqalgan.Tez o'suvchi nav. Hosildorligi gektaridan 150-250 sentner. Guli qo'shjinsli. Bir bosh uzumi juda katta (750-800 gr), konussimon shaklda. Mevasi o'rtacha kattalikda (3 gr), dumaloq shakilda, rangi och-yashil. Sentyabrning 1 dekadasida pishib yetiladi. Shiradorligi 18-19 %, kislota miqdori 6-7 %. Hosilidan oq vinolar, shuningdek shampan va konyak vinomahsulotlari tayorlanadi.

Saperavi


Vatani Gruziya. O'zbekistonga taxminan yuz yilcha avval keltirilgan. Tez o'suvchi nav. Hosildorligi gektaridan 100-250 sentner. Guli qo'shjinsli. Bir bosh uzumi o'rtacha kattalikda (150-200 gr), konussimon shakilda. Mevasi o'rtacha kattalikda (1,7 - 1,8 gr), oval shakilda, rangi qora. Sentyabrning 2 dekadasida pishib yetiladi. Shiradorligi 25-27 %, kislota miqdori 7-8 %. Hosilidan yuqori sifatli ekstraktiv qizil spirtsiz (stolovoy) va desert vinolari tayorlanadi.

Rkatsiteli


Vatani Gruziya. O'zbekistonda keng tarqalgan. Tez o'suvchi nav. Hosildorligi gektaridan 160-250 sentner. Guli qo'shjinsli. Bir bosh uzumi o'rtacha kattalikda (150-200 gr), konus-slindrsimon shakilda. Mevasi o'rtacha kattalikda (2 gr), oval shakilda, rangi oltin-sariq tusli. Sentyabrning 1 dekadasida pishib yetiladi. Shiradorligi 28-29 %, kislota miqdori 5 %. Hosilidan yuqori sifatli desert vinolar, shunindek, shampan va konyak vinomaxsulotlari tayorlanadi.

  1 2  
Ko'rishlar: 17789