• Слайдер #1

Markaziy boshqaruv

"Uzvinosanoat-Xolding" kompaniyasining Strukturasi

Struktura
«O'zvinosanoat-xolding» kompanyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

- Vinochilik sohasida yagona texnik va texnologik siyosatni amalga oshirish;

- Ozuqaviy spirt, likyor-aroq va vinochilik maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini boshqrish va muvofiqlashtirish;

- Tashqi va ichki bozorda marketing tadqiqodlari olib borish, korxonalarga yangi mahsulot turlarini o'zlashtirishda va tashqi bozorga chiqarishga yordam berish;

- sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokida qo'shma korxonalar tuzishga ko'maklashish.

Ko'rsatilgan yo'nalishlarni xayotga tadbiq etish sohani tubdan o'zgartirish va iqtisodiy rivojlanish yo'liga o'tish imkonini beradi, shuningdek har xil mamlakatlar bilan o'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy munosabatlar o'rnatishda bog'lovchi bo'g'in vazifasini o'taydi.

«O'zvinosanoat-xolding» xolding kompaniyasi yuridik shaxs bo'lib, u ochiq aktsiyadorlik jamiyati shaklida taasis etilgan. "O'zvinosanoat-xolding" kompaniyasining Ustav jamg'armasi unga korxonalar aktsiyalari davlat paketlarini, davlat mulki va moliyaviy vositalarini o'tkazish xisobiga tashkil etilgan. Xolding kompaniyasi o'ziga tegishli aktsiyalar paketlariga muvofiq, o'z tarkibidagi korxonalar faoliyatini boshqaradi. 

Vinochilik korxonalarini spirt bilan taminlash maqsadida 1994 yilda Hukumat qarori bilan respublikada spirt sohasini barpo etishga asos solindi. «O'zvinosanoat-xolding» XK tarkibiga «O'zspirtsanoat» aktsiyadorlik kompaniyasi kiritilgan bo'lib (O'zR VM 15.01.2004 yildagi 21-sonli Qarori), o'z navbatida uning tarkibiga quyidagi spirt zavodlari kiradi: «Andijonspirt» ОАJ «Qo'qonspirt», «Yangiyo'l Biokimyo» va «Bektemirspirt».

BIRIKTIRILGAN  HUJJAT:

Ko'rishlar: 3765